Maxfiylik siyosati
Yangilangan: 10-noyabr, 2026
Hisobda faqat ilova ishlashi uchun kerakli ma'lumotlarni saqlaydi: email, parolning shifrlangan izi va siz kiritgan yozuvlar. Yozuvlaringizni faqat siz ko'rasiz, biz ularni sotmaymiz va reklama uchun ishlatmaymiz.
Qanday ma'lumot saqlanadi
- Hisob: email, ism (agar kiritsangiz), til va asosiy valyuta.
- Parol: o'zi emas, faqat shifrlangan izi (hash) saqlanadi.
- Yozuvlar: kirim-chiqimlar, kategoriyalar, byudjetlar, hamyonlar, to'lovlar va vazifalar — siz kiritgan narsalar.
- Tasdiqlash kodlari: emailni tasdiqlash kodlari shifrlangan holda, 10 daqiqa amal qiladi.
Nima uchun ishlatiladi
- Hisobingizga kirish va yozuvlaringizni ko'rsatish uchun.
- Emailingizni tasdiqlash uchun kod yuborish uchun.
- Hisobot, byudjet va kunlik limitni hisoblash uchun.
Uchinchi tomonlar
- Email yuborish: tasdiqlash kodlari Google (Gmail) pochta serveri orqali yuboriladi.
- Shriftlar: sahifa shriftlari Google Fonts'dan yuklanadi; bunda brauzeringiz Google'ga IP manzilini yuboradi.
- Valyuta kurslari: Markaziy bank saytidan olinadi; bunda sizning ma'lumotlaringiz yuborilmaydi.
- Reklama, kuzatuv yoki analitika xizmatlari ishlatilmaydi.
Brauzeringizda nima saqlanadi
Kirish tokenlari, tanlangan til va mavzu brauzer xotirasida (localStorage yoki sessionStorage) saqlanadi. Reklama yoki kuzatuv cookie-lari ishlatilmaydi.
Xavfsizlik
- Sayt faqat HTTPS orqali ishlaydi.
- Parol noto'g'ri terilsa, urinishlar soni cheklanadi.
- Har bir yozuv bitta foydalanuvchiga tegishli; boshqa foydalanuvchilar uni ko'ra olmaydi.
Huquqlaringiz
- Yozuvlaringizni istalgan vaqtda ko'rish, tahrirlash va o'chirish.
- Yozuvlarni CSV fayl sifatida yuklab olish.
O'zgarishlar
Siyosat o'zgarsa, shu sahifa yangilanadi va yuqoridagi sana o'zgaradi.